Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz
Sirdaryo viloyatida 11-15 oktyabr kunlari “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida bo‘lib o‘tgan milliy filmlar taqdimotlari, “Madaniyat karvoni”, “Ma’naviyat festivali” yakunlandi.

Viloyatning barcha mahallalari, olis qishloqlari, ta’lim muassasalari, tashkilotlar va paxta dalalarida olimlar, yozuvchi va shoirlar, el suygan san’atkorlar, teatr va kino arboblari ishtirokida uchrashuvlar, davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Keksa avlod vakillariga olam-olam quvonch, yoshlarga shijoat bag‘ishlagan tadbirlarda Sirdaryoda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z bordi.

Bu tadbirlar yurtdoshlarimiz qalbidagi tinch, obod va to‘kin Vatanda ahil, inoq yashayotganidan minnatdorlik, faxr-iftixor tuyg‘usini yanada mustahkamladi.

Haftalik konsert dasturi bilan yakunlandi.
Unda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev ishtirok etdi.
Shuhrat Suyarov, O‘zA