Yangi O‘zbekiston - yangi taraqqiyot bosqichida
Poytaxtimizda ilm-fan, madaniyat sohasi namoyandalari, keng jamoatchilik vakillari, aholi va o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Yunusobod tumanidagi Islomobod mahallasida o‘tkazilgan tadbirda davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilgari surilgan fikrlar, O‘zbekiston ichki va tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, mamlakatimizda barcha jabhalarda olib borilayotgan ulkan islohotlar mohiyati haqida so‘z bordi.


Shuningdek, ishtirokchilarga “Konstitutsiya – xalq farovonligi va yurt tinchligi asosi”, “Yangi O‘zbekiston – yangi taraqqiyot bosqichida”, “Aholi, ayniqsa, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga innovatsion yondashuv” kabi mavzular tinglanib, mavzuga oid ma’lumot va tushunchalar berildi.


Tadbir doirasida “Konstitutsiyadan o‘rin olgan burchlaringizni sanab bering” viktorinasi o‘tkazilib, savol-javoblarda faol ishtirok etgan ishtirokchilar taqdirlandi.
Tadbir yakunida yurtimizdagi islohotlar va Toshkent shahridagi o‘zgarishlar aks etgan “Yangi O‘zbekiston – yangi dunyoqarash”, “Inson qasidasi”, “Shukronalik hissi”, deb nomlangan videoroliklar namoyish etildi.
O‘zA