Yangi o‘zbek alifbosi: o‘zgartirilgan 4 ta harf
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida 2026-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi O‘RQ-1184-sonli Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari, yetakchi tilshunoslar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, yangi Qonun milliy alifbomizni takomillashtirish, imlo qoidalaridagi noaniqlik va texnik murakkabliklarni bartaraf etish hamda o‘zbek tilining raqamli texnologiyalar va kompyuter dasturlariga moslashuvini yengillashtirishga qaratilgan.
“Balki 10 yil, balki 15 yildan keyin qaysidir hujjatimizni almashtirish muddati kelar. Hujjatlarni o‘z almashtirish muddati kelmaguncha, uni qaytadan qilish majburiyati yo‘q. Hech qanday hujjatlarda majburiy tarzda o‘zgartirishlar bo‘lmaydi”, - dedi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori Maqsud Asadov.
Fanlar akademiyasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘RQ-1184-sonli Qonun asosida lotin yozuviga kiritilgan o‘zgarishlar o‘zbek tilini raqamli texnologiyalarga moslashtirish va imlo noaniqliklarini bartaraf etishga qaratilgani ta’kidlandi. Mutaxassislar yangilangan alifboga o‘tish bosqichma-bosqich va fuqarolarga qulay tarzda amalga oshirilishini bildirishdi.
M.Turdaliyeva. O‘zA