Yangi kitob: «Jasoratning yuz lahzasi»
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shoyim Shernazarning «Jasoratning yuz lahzasi» kitobi chop etildi.
Kitob Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning yetmish olti yilligi munosabati bilan «Muharrir» nashriyoti tomonidan ming nusxada chop etilgan.
Ushbu kitobda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, karmanalik Pirnazar bobo Turdiyevning janggohlarda kechgan xotiralari aks etgan. Kitobda yana urushning bor azob-uqubatlarini ko‘rib qaytgan va bedarak ketgan Karmana farzandlarining taqdirlari bilan ham tanishish mumkin.
Shoyim Shernazarning ushbu kitobi badiiy publitsistik ruhda yozilgan. Unga adibning «Jasoratning yuz lahzasi», «Tiriklik ham bir bayram», «Bedarak», «Olovda yonmagan maktublar», «Yurakda qolgan tamg‘a», «Magadanning qorlari» nomli esselari, xotira va suhbatlar asosida yozilgan hikoyalari kiritilgan.
D.Mamatova, O‘zA