Yangi guzarda yangi ish o‘rinlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanining Qirqqiz ovulida Qirqqizobod guzari foydalanishga topshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanining Qirqqiz ovulida Qirqqizobod guzari foydalanishga topshirildi.– Prezidentimiz rahnamoligida aholi turmush farovonligini yuksaltirish, chekka qishloqlarda ham zamonaviy servis xizmatini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari yuksak samaralar bermoqda, – deydi “Qirqqiz” ovul fuqarolar yig‘ini maslahatchisi Munavvara Rafiqova. – Bizning ovul va bu yerda yaratilayotgan sharoit bunga yorqin misoldir. Yangi guzarda ellikdan ortiq savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi aholiga xizmat ko‘rsatadi. Endi mahallamiz ahli o‘n besh chaqirim yo‘l bosib tuman markaziga borib kelish tashvishidan qutildi. Guzarda kundalik turmush uchun zarur barcha narsa mavjud. Eng muhimi, o‘nlab yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Tumanning Aqchako‘l ovulida foydalanishga topshirilgan ana shunday guzarda ham aholiga yigirma sakkiz turdagi maishiy xizmat turlari taklif etilmoqda. Bu yerda savdo do‘konlari bilan birga turli maishiy texnikalarni ta’mirlash, chilangarlik, duradgorlik ustaxonalari, tikuvchilik sexi ishlay boshladi.