Yangi dehqon bozorida savdo yarmarkalari
Namangan viloyati Pop tumanida yangidan qurib bitkazilgan “Pop savdo markazi” dehqon bozori foydalanishga topshirildi.
Qurilish ishlariga 50 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan yangi bozor hududida 322 ta savdo do‘koni, 18 ta go‘sht do‘koni, 250 ta usti yopiq savdo rastasi, 1000 ta haftalik savdo qiluvchilar uchun savdo o‘rinlari, 12 ta sut va sut mahsulotlari bilan savdo qilish uchun rasta, 10 ta oshxona, zamonaviy pavilon ichida 176 ta savdo rastasi, 40 o‘rinli zamonaviy mehmonxona, namozxona, 600 o‘rinli avtoturargoh, shuningdek, ma’muriy bino, avtostansiya, bank binosi va davlat xizmatlari markazi ish boshladi.
“Pop savdo markazi” dehqon bozori mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Rustam Mirzaholovning ta’kidlashicha, barcha tadbirkor va sotuvchilar uchun joy ajratish va zarur sharoitlarni yaratib berish ta’minlandi.
Aholining kunlik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini barqaror saqlab turish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shu maqsadda, yangi bozorda ayni kunlarda arzon narxlarda savdo yarmarkalari tashkil qilinmoqda.
yarmarka
Hotam MAMADALIEV olgan suratlar, O‘zA