Yangi bino zamonaviy jihozlandi
Piskentda favqulodda vaziyatlar bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Binoning tantanali ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev, sektor rahbarlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ullari, davlat va jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Zamonaviy ko‘rinishda qurilgan ikki qavatli ushbu binoda 44 nafar xodim uchun barcha shart-sharoitlar, maxsus jihozlangan xizmat xonalari, majlislar zali, oshxona va dam olish majmuasi mavjud.

Shaxsiy tarkibning jangovar shayligini oshirish maqsadida sport maydonlari ham tashkil etilgan. Marosimda viloyatning olis tumanlarida joylashgan favqulodda vaziyatlar bo‘limlari uchun ham maxsus qutqaruv asbob-anjomlari topshirildi.


A. Musayev, O‘zA.