Yana bir davlat rahbari AstraZeneca bilan emlandi
Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In koronavirusga qarshi AstraZeneca kompaniyasi vaksinasini qabul qildi.
Xabar qilinishicha, Janubiy Koreya rahbari bilan birga uning rafiqasi va hukumatning to‘qqiz a’zosi ham virusga qarshi preparat qabul qilgan.
Emlash jarayoni Prezident qarorgohi yaqinida joylashgan Seul markazidagi tuman poliklinikasida amalga oshirilgan.
Qayd etilishicha, Mun Chje In bu ishni joriy yil 11-13 iyun kunlari Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitiga borishga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan.
Darvoqe, 18 mart kuni Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili ham koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan emlangandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga ham 660 ming doza SOVID-19 ga qarshi AstraZeneca vaksinasi olib kelingan.