Yamandagi ocharchilik tobora kuchaymoqda
Avvaliga toʻyib ovqatlanmaslik keyinchalik och qolishga, surunkali och qolish esa ocharchilikka olib keldi. Mamlakat boshqaruvidagi xatoliklar ijtimoiy va iqtisodiy inqirozga, inqirozlar esa falokatlarga olib keldi. Ichki isyonlar fuqarolik urushiga, bu urush esa Arablar oʻrtasidagi hududiy kelishmovchiliklarga olib keldi.
Avvaliga toʻyib ovqatlanmaslik keyinchalik och qolishga, surunkali och qolish esa ocharchilikka olib keldi. Mamlakat boshqaruvidagi xatoliklar ijtimoiy va iqtisodiy inqirozga, inqirozlar esa falokatlarga olib keldi. Ichki isyonlar fuqarolik urushiga, bu urush esa Arablar oʻrtasidagi hududiy kelishmovchiliklarga olib keldi.Soʻngi oʻn yil ichida Yamanda sodir boʻlayotgan voqealar mamlakat aholisini butunlay ocharchilik girdobiga keltirib qoʻydi. Ayni damda 8 million odam ocharchilik azobini totmoqda. Bir necha kunda bir marta ovqatlanadiganlar bilan hisoblaganda ularning soni 12 million kishidan oshib ketadi. Bu degani Yaman aholisining teng yarmi och qolmoqda. Eng achinarlisi bu raqam juda tez surʼatlar bilan oshib bormoqda.
Shuningdek, yarim millionga yaqin yamanlik bolalar qoniqarsiz ovqatlanish natijasida turli kasalliklarga chalingan. Ochlik va kasallik bolalarni hayotdan erta olib ketmoqda.
Agar urushga barham berilmasa Yamanda insoniyat krizisi yuz beradi, bu esa tarixda kuzatilgan eng mudhish krizis boʻlishi mumkin.