Yamanda oʻt ochish toʻxtatildi
Bugungi kunda Yamanda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash uchun barcha kuchlarni safarbar qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Yamanda qonuniylikni qoʻllab-quvvatlash koalitsiyasining ikki hafta muddatga mamlakatda oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi qarori xalqaro maydonda va arab dunyosida qizgʻin olqishlanmoqda. Bugungi kunda Yamanda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash uchun barcha kuchlarni safarbar qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
BMT Bosh kotibining Yaman boʻyicha maxsus vakili Martin Griffits ushbu qarorni tinchlik yoʻlidagi muhim qadam, deb baholadi. Uning fikricha, Saudiya Arabistoni Podshohligi va koalitsiya tomonidan Yamandagi hozirgi vaziyatga nisbatan oqilona qaror qabul qilingan.
Yamanda oʻt ochishning har tomonlama toʻxtatilishi Arab davlatlari uyushmasi bosh kotibi Ahmad Abulgʻayt, Fors koʻrfazidagi arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi doktor Noif al-Hajraf, Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Yusuf al-Usaymin tomonlaridan qutlandi. Shuningdek, Misr, Iordaniya va Bahrayn tashqi siyosat mahkamalari bergan bayonotlarga koʻra, Yamanda oʻt ochishning har tomonlama toʻxtatilishi xayrli jarayondir.