Xulian Alvares «Barselona» bilan Chempionlar ligasini yutishni orzu qilmoqda
Futbolchi joriy transfer oynasi yopilguniga qadar «Atletiko»ni tark etish istagini bildirgan.
«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares hamon faoliyatini «Barselona»da davom ettirishga umid qilmoqda.
Madrid klubi 26 yoshli futbolchini kataloniyaliklarga sotishni istamayapti. Biroq Alvaresning o‘zi aynan «Barselona»ga o‘tishni xohlamoqda va hozircha boshqa variantlarga qiziqish bildirmayapti.
All About Argentina jurnalist Gaston Edulga tayanib xabar berishicha, Alvares Lionel Messidan keyin «Barselona» bilan Chempionlar ligasini yutgan ilk argentinalik futbolchi bo‘lishni o‘z taqdiri deb hisoblamoqda. Hujumchining asosiy orzularidan biri ham aynan shu.
Alvares transferiga «Arsenal» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchi avvalroq joriy transfer oynasi yopilguniga qadar «Atletiko»ni tark etish istagini bildirgan.