Xovosda sayyor qabul o‘tkazildi
Aholi turmushi, hayotidan yaqindan xabardor bo‘lish, ularning talab va ehtiyojlarini tizimli o‘rganish, aniqlanayotgan muammolarni joyida hal etish maqsadida Respublikamiz bo‘ylab ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.
Sirdaryo viloyati Xovos tumanining "O‘zbekiston to‘kinchiligi" mahallasida o‘tkazilgan qabul jarayonida tuman sektor rahbarlari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, Qurilish, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim, Energetika vazirliklari, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “O‘zsuvta’minot” kabi vazirlik va qo‘mitalarning rahbarlari ishtirok etdi.

Mahalla aholisi tomonidan qurilish, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam, maktabgacha ta’lim, elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar o‘rtaga tashlandi. Bildirilgan taklif va muammolar qabul vaqtida o‘rganib chiqilib, ijroga yo‘naltirildi. Bu tarzdagi sayyor qabullar qanchadan-qancha fuqaroning taqdirida burilish, turmush tarzida o‘zgarish yasamoqda. Insonlarning ertangi kunga umidini mustahkamlab, ishonchini oshirmoqda.

Uchrashuvda bildirilgan taklif va muammolardan kelib chiqib, hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar joyida bartaraf etildi.
Sh.Suyarov,
F.Toshmatov (surat), O‘zA