Xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boshqarmasiga qarashli Buxoro nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar “G‘amxo‘rlik” markazida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan press-tur tashkil etildi.
Ayni paytda markazda 298 nafar I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs yashab kelmoqda.
Joriy yilda viloyatdagi mutasaddi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj 294 nafar xotin-qiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga tegishli tavsiyalar berildi.
Markazda istiqomat qilayotgan xotin-qizlarni mehnatga jalb etish va bandligini ta’minlash maqsadida Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan 3 ta korxona bilan tuzilgan shartnomalar asosida 70 nafar xotin-qiz kasanachilikka jalb etildi.
[gallery-31537]
Shuningdek, markazda quyonchilik, parrandachilik, chorvachilik, gulchilik va qo‘ziqorin yetishtirish yo‘nalishlarida tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 17 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi.
Markaz ma’muriyati tomonidan vasiylikka olingan ayollarning doimiy yashash manzillariga borilib, ularning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA