Xorijlik kuzatuvchilar Toshkent viloyatida
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi (YeXHT DIIHB) ning qisqa muddatli kuzatuvchilari Van Peski Cyeciliya Yoxanna (Niderlandiya) va Cassola Arnold (Italiya) Nurafshon shahridagi 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasi binosida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Okrug saylov komissiyasi raisi Ulug‘bek To‘xtayev va komissiya kotibi Dilshod Shoismanovlar mehmonlarga hududda muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘tgan vaqt davomida joylardagi barcha saylov uchastkalari saylovga oid qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar, zarur zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlandi. Toshkent viloyati bo‘yicha uchastka saylov komissiyasi a’zolari tarkibi Saylov Kodeksi talablari asosida tuzilgan.

Uchrashuvda xorijlik mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Okrugda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
A.Musayev,O‘zA.