Xorijlik investorlar Nurotada
Tayvanning biznes delegatsiyasi vakillari Nurota tumani hokimligida qabul qilindi.
Tuman hokimligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar o‘zlarining biznes taqdimotlari bilan ishtirok etdi.

Mehmonlarga tumanning investitsiyaviy salohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuv so‘nggida xorijlik investorlar tuman hududida 25 million dollarlik loyiha – faollashtirilgan ko‘mir, sulfat ko‘mir, kationitlar va anionitlar, texnik uglerod hamda marmar, kvars toshini qayta ishlash, oltin qazib olish va qayta ishlashni amalga oshirish istagini bildirdi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri