Xorazmda xalqaro ilmiy konferensiya
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyatidagi Ma’mun universiteti bilan hamkorlikda "Zamonaviy fan sohalarida shaxs muammolari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazdi.
Konferensiyada 15 ga yaqin mamlakatdan sohada faoliyat yuritayotgan professor- mutaxasislar va aspirantlar ishtirok etgan bo‘lsa, yana shuncha sonli mamlakatdan vakillar onlayn qatnashdi.
Xalqaro anjuman bugungi kunda inson omili va shaxsiy rivojlanish, psixologik salomatlik masalalari, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, tibbiyot, psixologiya va ijtimoiy fanlar rivojlanishining inson hayotiga ko‘rsatayotgan ijobiy va salbiy ta’sirlari, shaxs taraqqiyotidagi turli muammolar, ta’lim tizimini takomillashtirishning pedogogik-psixologik omillari kabi masalalarni muhokama qilishga professor va olimlar, soha mutaxassilari uchun muhim maydon bo‘ldi.
[gallery-22305]
Mavzular turlicha bo‘ldi. Chunki, anjumanda nafaqat fan sohalaridagi shaxs muammolari, balki uyushmagan yoshlarning ijtimoiy muammolari, oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq psixologik jarayonlarda yordam ko‘rsatishda xorijiy tajribalarga keng o‘rin berildi.
Konferensiyada hozirgi kunda kechayotgan globol beqarorliklar, dunyo miqiyosida o‘zaro ishonch va bir-birini tushunish xislatlarining yetishmasligi, geosiyosiy qarama-qarshiliklar davom etayotgan davr, inkuliziv soha muammolari, psixologiya sohasi oldidagi dolzarb vazifalar tahlil etildi.
–Men Turkiyadagi Bartin universitetida faoliyat olib boraman. Avvalo, bu konferensiya biz kabi yosh olimlar uchun bilimlarimizni boyitishda, tajribalarimizni o‘rtoqlashishda, yangi tanishuvlarga katta imkoniyatdir. Sohaga oid dolzarb mavzularda muhokamalar bo‘lmoqda. O‘ylaymanki, bu yerdagi taqdimotlar ishtirokchilarning barchasiga birdek foydali bo‘ladi, – deydi Turkiyaning Bartin universiteti professori Axmed Chelik.
Shu’balarda davom etgan konferensiyada ilm-fan vakillari mavzu doirasida o‘z tajribalari taqdimotini ham o‘tkazdilar.
Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari