Xorazmda voleybolchi qizlar bahslashdi
Urganch shahrida voleybol bo‘yicha qizlar jamoalari o‘rtasida U-19 yosh toifasi bo‘yicha Xorazm viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi.
Viloyatning barcha tumanlaridagi sport mahorati maktablaridan voleybol jamoalari ishtirok etgan bahslar har jihatdan murosasiz kechdi.

Iste’dodli sportchilarni aniqlashga qaratilgan bahslar sarhisobiga ko‘ra, 1-o‘rinni Urganch Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasi egallagan bo‘lsa, 2 va 3-o‘rinlar Qo‘shko‘pir va Gurlan tumanlari voleybolchi qizlar jamoalariga nasib etdi.

Birinchilik bahslari yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar, o‘z iqtidorini namoyish etgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA