Xorazmda noyob jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Saidmurod Ismoilov boshchiligidagi bir guruh malakali mutaxassislar Xorazm viloyatida bo‘lib, tumanlarda xirurgik xizmatlar ko‘rsatilishini o‘rganmoqda, tibbiy ko‘riklar, mahalliy mutaxassislar uchun mahorat darslari tashkil qilmoqda.
Shu bilan birgalikda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida noyob jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilyapti.
54 yoshli bemor, tana vazni 169 kg, bo‘y uzunligi 155 sm. Metabolik sindrom, morbid semizlik bilan ko‘p yillardan beri aziyat chiqib kelayotgan edi. Oqibatda qo‘shimcha kasalliklari ham rivojlana boshlagan. Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida S.Ismoilov boshchiligidagi jarrohlar tomonidan ushbu bemorda ilk bor laparoskopik me’da sliv rezeksiyasi operatsiyasi amalga oshirildi. Amaliyot muvaffaqiyatli bajarilib, hozirda bemor o‘zini yaxshi his qilmoqda.
[gallery-17529]
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA