Xorazmda innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasi
Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakultetida “Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi boshlandi.
Tadbirning ochilishida Xorazm viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Qutlimuratova so‘zga chiqib, Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan mazkur haftalikning mohiyati haqida to‘xtaldi. Ushbu haftalikda ko‘rgazmaga qo‘yilgan Urganch davlat universiteti ilmiy izlanuvchilari, magistr va doktorantlari, yosh olimlar va professor-o‘qituvchilari tomonidan tadqiq qilingan 300 dan ziyod mahsulot amaliyotga tatbiq etilmoqda.
[gallery-14084]
Haftalik doirasida oliy ta’lim muassasalari olimlari, ilmiy tadqiqotchi yoshlar va viloyat ishbilarmonlarining turli uchrashuv va seminarlari, startap loyiha mualliflari va loyiha rahbarlarining master klasslari, ilmiy-amaliy konferensiyalar, kreativ ta’lim kongressi, iqtidorli talabalarning chiqishlari hamda innovatsion ko‘rgazmalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat),
O‘zA muxbirlari