Xorazm qovunlari – eksportga
Xorazm qovunlari azaldan dovrug‘ qozongan. Mamlakatimizda yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan foydalangan sohibkorlar qovunni tashqi bozorga chiqarishda ham salmoqli yutuqlarga erishmoqda.
Xorazm qovunlari azaldan dovrug‘ qozongan. Mamlakatimizda yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan foydalangan sohibkorlar qovunni tashqi bozorga chiqarishda ham salmoqli yutuqlarga erishmoqda.Yigirma nafar ishchining bandligi ta’mingan Urganch tumanidagi "Xorazm qovunlari" mas’uliyati cheklangan jamiyatida qovunning bir necha navi yetishtirilib, mahsulotni Janubiy Koreya davlatiga eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan.
– Zamonaviy muzlatish jihozlari qovunning ko‘rinishi va mazasiga zarar yetkazmagan holda uzoq muddat saqlash imkoniyatini beradi, - deydi jamiyatning ijrochi direktori S.Xo‘jayev. – O‘ziga xos usulda qadoqlangan mahsulotlarimiz xorijlik xaridorlarga manzur bo‘layotganidan xursandmiz.