Xokkeychilarimiz Qozonda sovrindor bo‘ldi
Islom mamlakatlarida xokkeyni rivojlantirish tashkiloti tomonidan Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida o‘tkazilgan turnirda O‘zbekiston terma jamoasi sovrindor bo‘ldi.
“ORXIS kubogi” nomi ostida o‘tgan turnirda mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari “A” guruhida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Livan, Bahrayn, Eron, Ummon va Tatariston vakillari bilan kurash olib bordi
3x3 formatida o‘tgan bahslarning finalida o‘zbekistonlik xokkeychilar Livan terma jamoasi bilan to‘qnash keldi va kichik hisobda imkoniyatni boy berib, turnirning kumush medallariga sazovor bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA