Xo‘jalik yangi loyiha ustida ish olib bormoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Kuymazor qishlog‘idagi “Karimjon+G” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi bog‘dorchilik, parrandachilik, asalarichilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi.
[gallery-6159]
– Xo‘jaligimizning chorvachilik tarmog‘ida 240 bosh qo‘y parvarishlanmoqda, - deydi xo‘jalik rahbari Dilfuza G‘aniyeva. – Hozirda ularning 70 foizi qo‘ziladi. Bog‘da olma, bodom, behi ekkanmiz. 60 ta qutida asalari bor. 16 gektar yer maydonida asosan chorva uchun ozuqa yetishtiriladi. “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida hudud aholisiga parranda, mol, qo‘y yetkazib beramiz. Shu kunlarda yangi loyiha ustida ish olib boryapmiz. “Tomorqa xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etib, Kuymazor, Yortepa, Yangiobod mahalla aholisiga qishloq xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish maqsadidamiz.:
Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA