Xodimlar paxta terimiga majburiy chiqarilyaptimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Beruniy tumanida kasb-hunar maktablari xodimlari majburiy paxtaga chiqarilyapti” degan xabarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi.
Unda qayd etilishicha, olib borilayotgan oqilona siyosat natijasida mamlakatimizda yetishtirilayotgan paxta jahon bozorlarida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. O‘zbek paxta xom ashyosiga qo‘yilgan baykotning olib tashlanishi jahondagi yirik firma va brendlarning yana O‘zbekiston bozoriga kirib kelishini shuningdek, paxta xom ashyosining jahon bozoriga chiqishini ta’minladi. bugungi kunda O‘zbekistonda majburiy mehnatga barham berilgan.
2022 yil hosili uchun Beruniy tumanida 9 ming 200 gektar maydonga paxta ekilgan bo‘lsa, uni terib olish jarayoniga uyida bo‘sh o‘tirgan, doimiy ish bilan band bo‘lmagan aholi va yoshlar jalb etilgan. 1 kilogramm paxta 2000 so‘m qilib belgilangan va hozirda aholi paxta terishdan manfaatdor. Har kuni rag‘batlantirish, 100 kilogramdan terganlar rag‘batlantirilyapti. Fermer xo‘jaliklari tomonidan transport vositalari, tushlikda issiq ovqat tashkil etilgan va terim pullari o‘z vaqtida berilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA