Xo‘jalikning parrandachilik tarmog‘i
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanidagi “Davron” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining joriy yilda yo‘lga qo‘yilgan parrandachilik fermasida 5 mingdan ziyod parranda parvarishlanmoqda.
Parranda go‘shti mahsulotlari buyurtma asosida hududdagi savdo do‘konlari, maktabgacha ta’lim muassasalari, shifoxonalarga yetkazib berilmoqda. Ayni paytda bu yerda to‘rt kishi ish bilan ta’minlangan.