Xoʻjalikda hosil barakali boʻldi
Joriy mavsumda Fargʻona viloyatida 2370 nafar fermer xoʻjaligi tomonidan 82 ming gektar maydonda gʻoʻza parvarish qilinib, 250 ming tonnalik ulkan xirmon yaratildi.
Joriy mavsumda Fargʻona viloyatida 2370 nafar fermer xoʻjaligi tomonidan 82 ming gektar maydonda gʻoʻza parvarish qilinib, 250 ming tonnalik ulkan xirmon yaratildi.
Dalada hali paxta bor. Fermerlar bugungi pandemiya sharoitida aholi daromadini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun xomashyo bazasini yaratish maqsadida yigʻim-terimini davom ettirmoqda.


Toshloq tumanidagi “Qoʻshoq ota Qambarov” fermer xoʻjaligi aʼzolari 35 gektar maydonda paxtani “S-8290” navini parvarishlab, har gektaridan 34 sentnerdan hosil koʻtardi. Xoʻjalik rahbari Dilmurod Qambarovning aytishicha, parvarish barcha agrotexnika qoidalari asosida olib borilgani bois, xoʻjalikda mavsum muvaffaqiyatli yakunlanib, hosil barakali boʻldi.
Ayni kunda xoʻjalikda kuzgi shudgorlash ishlari boshlab yuborilgan. Shuningdek, 35 gektar maydonda ekilgan bugʻdoy parvarishiga kirishildi.