Xizmat mashinalari ish samaradorligini oshiradi
Qashqadaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi va uning shahar xamda tuman markazlariga 10 dona xizmat avtomashinasi berildi.
Qashqadaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi va uning shahar xamda tuman markazlariga 10 dona xizmat avtomashinasi berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi va uning shahar hamda tuman markazlariga 10 dona xizmat avtomashinasi ajratildi. Ushbu tadbirni amalga oshirish uchun Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2020-yil 29-yanvardagi farmoyishi asos boʻlib xizmat qildi. Avtomashinalarning xaridi bilan bogʻliq xarajatlar Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga karshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan qoplandi.

Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bugungi kunda soha xodimlari oldida turgan masʼuliyat va olib borilayotgan tadbirlarning samaradorligini taʼminlash borasida davlatimiz tomonidan yoʻlga qoʻyilgan chora-tadbirlar haqida oʻz fikrini bildirdi.

Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, maxsus xizmat avtomashinalari birinchi navbatda transport vositalariga ehtiyoji bor, shuningdek, hududiy jihatidan yirik, aholisi gavjum boʻlgan hududlarga ajratilgan. Natijada viloyatning Chiroqchi, Dehqonobod, Gʻuzor, Koson, Shahrisabz kabi 8 tumani va shaharlarining sanitariya epidemiologik xizmatlari faoliyati yangi texnikalar bilan boyitildi.