Xitoyning ortiqcha salohiyati yangi inqiroz keltirib chiqaradimi?
Xitoyning rekord darajadagi eksporti va savdo daromadi jahon iqtisodiyoti uchun xavfni tobora orttirmoqda, deb yozdi “Foreign Affairs” nashri.
2025-yil Xitoyning sof foydasi qariyb 1,2 trillion dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich dunyo savdosiga nisbatan ancha tez o‘sishni anglatadi.
Nashr yozishicha, ishlab chiqarish va eksportni rivojlantirishga asoslangan Chin modeli ancha vaqtdan beri mamlakatga iqtisodiy ustunlik taqdim etib, dunyoni arzon mahsulot bilan ta’minlab kelmoqda. Binobarin, boshqa mamlakatlar o‘z sanoati tobora kuchsizlanishi va Xitoy ta’minotiga qaramlik yuzaga kelishiga chidamayapti.
Agar jahon bozori o‘sib borayotgan Xitoy eksportini o‘zlashtirishdan to‘xtasa, Pekin ortiqcha salohiyatga duch keladi. Bunga javoban mamlakatlar mutanosib chorani kuchaytirishi mumkin Oqibatda savdo buzilishi va yangi global iqtisodiy inqiroz uchun sharoit yuzaga kelishi mumkin.
S.Rahimov, O‘zA