Xitoyning markaziy qismida portlash sodir bo‘ldi
Portlash juma kuni Xitoyning markaziy qismidagi Chunsin hududida sodir bo‘lgan, qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi, deb xabar bermoqda Xitoy Markaziy televideniyesi.
Berilgan xabarga ko‘ra, portlash Ulun tumanida yuz bergan, natijada odamlar ko‘chki ostida qolib ketgan, ularning soni hozircha noma’lum. Voqea joyida qutqaruv xizmati xodimlari ish olib bormoqda.
2020 yilgi Umumxitoy aholini hisobga olish ma’lumotlariga ko‘ra, Chunsinda aholi soni 32 million kishini tashkil etadi.