Xitoylik shifokorlar Andijonda
Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi yuqishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilib, tezkor va qatʼiy xavfsizlik choralari koʻrilmoqda.
Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi yuqishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilib, tezkor va qatʼiy xavfsizlik choralari koʻrilmoqda.
Koronavirus epidemiyasining oldini olish va unga qarshi kurashga amaliy yordam koʻrsatish, zarur tavsiya va maslahatlar berish maqsadida mamlakatimizga Xitoy davlatidan tajribali mutaxassislar tashrif buyurgan boʻlib, ularning bir guruhi Andijonda boʻldi.
Maʼlumki, koronavirus infeksiyasi Xitoyning Uxan shahridan butun dunyoga tarqaldi. Aynan Xitoy birinchi boʻlib ushbu kasallikka qarshi kurashdi. Olib borilgan samarali chora-tadbirlar natijasida ikki oy ichida mamlakatda kasallik tarqalishini toʻxtatishga erishildi. Mazkur jarayonda xitoylik shifokorlar, mutaxassislar katta tajriba orttirdi. Ularning karantinda saqlash, kasallanganlarni samarali davolash borasidagi ana shu tajribalari bugun bizga ham yordam beradi.
Xitoylik mutaxassislar karantin davrida Andijonda amalga oshirilayotgan ishlar, karantinga olinganlarni saqlash hamda davolash jarayonlari bilan tanishdi. Viloyatda mazkur yoʻnalishda olib borilayotgan ishlarga ijobiy baho berib, ishlarni yana-da samarali tashkil etish yuzasidan oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi, zarur tavsiya va maslahatlar berdi.
Xitoylik shifokorlarning viloyatdagi tashrifi davom etmoqda.