Xitoyda qayiq ag‘darilib, 7 kishi halok bo‘ldi
Xitoy sharqida baliqchi qayig‘i ag‘darilib ketishi oqibatida yetti kishi nobud bo‘ldi.
Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesiga tayanib, “Armenpress” xabar berdi.
Hodisa dushanba tongida sharqiy Chjetszyan provinsiyasidagi Ningbo shahri hududidagi suvda sodir bo‘lgani aytilmoqda. Kema to‘nkarilishi natijasida jami 16 kishi suvga tushib ketgan.
Qutqaruvchilar 9 kishini suvdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Qo‘shimcha ma’lumotga ko‘ra, keyinroq 6 kishi hayot belgilarisiz topilgan. Bir odam bedarak yo‘qolgani ham ma’lum qilindi.