Xitoyda Özbekiston kimyo sanoati salohiyati namoyiş etilmoqda
Milliy mahsulotlarni xorijda tanitiş va eksport bozorlarini özlaştirişda xalqaro körgazmalar muhim örin tutadi. Bunday maydonlar işlab çiqaruvçilarga öz salohiyatini namoyiş etiş, xorijiy şeriklar bilan hamkorlikni yölga qöyiş va yangi bozorlarga çiqiş imkonini beradi.
Ana şunday yirik xalqaro maydonlardan biri Xitoyning Şanxay şahrida bölib ötayotgan 9-Xitoy xalqaro import körgazmasidir (China International Import Expo - CIIE 2026). Unda "Özkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati ham öz mahsulotlari bilan faol iştirok etmoqda.
Mazkur xalqaro körgazmada mamlakatimiz korxonalari "Made in Uzbekistan" yagona milliy brendi ostida öz mahsulot va işlanmalarini taqdim etmoqda. Milliy stendda kimyo sanoati mahsulotlari bilan bir qatorda qişloq xöjaligi, oziq-ovqat, yengil sanoat, töqimaçilik va hunarmandçilik namunalari, şuningdek, Özbekistonning investitsiyaviy hamda logistika salohiyati ham namoyiş etilmoqda.

Körgazma doirasida "Özkimyosanoat" AJ tomonidan kimyo sanoati mahsulotlari xorijiy iştirokçilar eʼtiboriga havola qilinmoqda. Şu orqali tarmoqning işlab çiqariş imkoniyatlari, mahsulot turlari va eksport salohiyati xalqaro hamjamiyatga taniştirilmoqda.
Jamiyat axborot xizmatiga köra, bunday xalqaro tadbirlarda iştirok etiş xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlaş, yangi işbilarmonlik munosabatlarini yölga qöyiş va hamkorlik yönalişlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Eslatib ötamiz, “CIIE-2026” xalqaro körgazmasi 10-noyabr kuni öz işini yakunlaydi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA