Xitoyda mamlakatning eng keksa ayoli vafot etdi
O‘tgan haftada Xitoyning Sinszyan-Uyg‘ur avtonom tumanida yashovchi mamlakatning eng keksa ayoli vafot etdi, deb xabar bermoqda mahalliy hokimiyat.
"Xitoyning eng keksa ayoli Alimxon Seyti 16 dekabr kuni 135 yoshida Qashg‘arda vafot etdi", – deyiladi Qashg‘ar okrugi hukumati tarqatgan xabarda.
Mahalliy hukumat bergan ma’lumotga ko‘ra, u 1886 yil 25 iyunda tug‘ilgan va Yangishar uyezdining Kumusherik qishlog‘ida yashab kelgan. 2013 yildan buyon Seyti momo Xitoy gerontologlar va geriatrlar assotsiatsiyasi tomonidan tuzilgan eng keksa fuqarolar ro‘yxatini boshqarib kelardi.
Uning nabirasi hikoya qilishicha, ayol umrining so‘nggi kunigacha juda oddiy hayot kechirgan, qo‘shiq aytishni hamda hovlisida oftobga chiqib o‘tirishni yaxshi ko‘rgan, har doim yaxshi kayfiyatda bo‘lib, xushchaqchaq yurgan.