Xitoyda jahon media sammiti iştirokçilari Pekinning tarixiy maskanlari bilan tanişdi
Şu kunlarda Xitoy poytaxtida VII jahon media sammiti ötkazilmoqda. “Sinxua” davlat axborot agentligi va Pekin şahar xalq hukumati hamkorligida taşkil etilgan yiğinda dunyoning 112 mamlakat va mintaqasidan 330 ga yaqin ommaviy axborot vositasi, tahlil markazi, davlat idorasi va axborot agentliklarining qariyb 500 nafar vakili iştirok etmoqda.

Uşbu nufuzli anjumanda zamonaviy jurnalistikaning istiqbollari, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalaniş, axborot işonçliligini taʼminlaş, global xavfsizlik şaroitida media muloqotini rivojlantiriş hamda xalqaro axborot agentliklari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilinmoqda.

Forum doirasida sammit iştirokçilari XXR poytaxtining boy tarixi, milliy urf-odatlari va zamonaviy qiyofasi bilan yaqindan tanişdi. Delegatlar Pekinning Szi Çjen tumani böylab madaniy sayohatda iştirok etib, ölkaning qadimiy merosi va bugungi şahar hayoti uyğunligini his qiliş imkoniga ega böldi.

Safar davomida mehmonlar maşhur Laoşe çoyxonasiga taşrif buyurib, anʼanaviy xitoy çoyi bilan tanişdi, milliy sahna çiqişlarini tomoşa qilişdi. Dastur doirasida delegatlar anʼanaviy xitoy liboslari namoyiş etilgan dökonlarni ham közdan keçirdi. Şuningdek, tarixiy muhit va zamonaviy şaharsozlik yeçimlarini özida mujassam etgan “Beijing Fun” majmuasida böldi.

Madaniy sayohatning yana bir manzili Şiçaxay köli böldi. Iştirokçilar suv havzasi böylab qayiqda sayr qilib, Pekinning tarixiy mahallalari, anʼanaviy meʼmorçiligi va betakror manzaralarini tomoşa qildi.
“Sinxua” davlat axborot agentligi vitse-prezidenti Si Yançun mehmonlar boy tarixga ega Pekin şahrining öziga xos jozibasini his etişi hamda Xitoy anʼanaviy madaniyatining çuqur tarixiy merosini yaqindan anglaşiga umid bildirdi.

Bunday tadbirlar xalqaro media vakillariga mezbon mamlakatning madaniy hayotini bevosita anglaş, uning tarixiy merosi va zamonaviy taraqqiyotini çuqurroq örganiş imkonini beradi. Zero, mamlakatni anglaşda uning madaniyati, urf-odatlari va kundalik hayoti bilan yaqindan tanişiş ham muhim ahamiyatga ega.
Sammit 9-noyabrga qadar davom etadi.
Şerzod Isayev, ÖzA
Pekin, Xitoy