Xitoy Pokistonga harbiy kemalar eksport qilmoqda
Dunyoda yuz berayotgan siyosiy jarayonlar sabab Xitoy Pokiston bilan harbiy aloqalarini mustahkamlamoqda.
Xitoy matbuotining xabar berishicha, dushanba kuni Pokistonga zamonaviy va so‘nggi turdagi harbiy kemalar yetkazib berilgan. Xitoy kemasozlik korporatsiyasi tomonidan loyihalashtirilgan Type 054A/P fregatlari Pokiston harbiy-dengiz kuchlari tomonidan “PNS Tugril” nomini oldi.
Kema yuqori texnik imkoniyatlarga ega, yerdan havoga, suv ostida otish, shuningdek, keng ko‘lamli kuzatuv imkoniyatlariga mavjud bo‘lgan, texnologik jihatdan rivojlangan fregat hisoblanadi. U eng yangi jangovar boshqaruv va elektron urush tizimi, zamonaviy o‘zini o‘zi mudofaa qilish vositalari bilan jihozlangan.
Ulug‘bek Mahmirzayev tayyorladi.