Xayr Bahrayn, salom Toshkent-2025!
Bahraynda o‘tgan IV Para Osiyo o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
E’tiborlisi, qit’aning 30 dan ortiq mamlakatidan 700 nafar para atletlar o‘rtasida kechgan bahslarda O‘zbekistonning 16 nafar irodali sportchisi 11 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

"Khalifa sport city stadium"da kechgan tadbirda Osiyo paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashid, Osiyo paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxo‘jayev hamda Bahrayn milliy paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Shayx Muhammad Bin Duayj Al Xalifa ishtirok etdi.

Tadbir yakunida Osiyo paralimpiya qo‘mitasi bayrog‘i V Para Osiyo o‘yinlari mezboni - Toshkent shahriga topshirildi. Uni O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxo‘jayev qabul qilib oldi, deyiladi O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan yosh parasportchilarimiz bugun tunda Toshkentga qaytib keladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA