«Xavfsiz va soğlom yurt»: poytaxtda qanday tadbirlar ötkazilmoqda?
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 5-yanvardagi «Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş yönalişida yaxlit manzilli işlaş tizimini joriy etişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori ijrosi doirasida yurtimizda osoyiştalikni taʼminlaş işlari yanada kuçaytirildi.
Şu maqsadda joriy yil 1-noyabrdan mamlakatimizda «Xavfsiz va soğlom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining uçinçi bosqiçi ötkazilmoqda.
Poytaxtimizda bu jarayon qanday taşkil etilgan? Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi (IIBB) poytaxtda jinoyatçilikni jilovlaş, xavfsiz muhitni şakllantiriş va şaharning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş böyiça belgilangan vazifalarni samarali bajarişda idoralararo hamkorlik va manzilli yondaşuvni yölga qöygan.
Toşkent şahar IIBB Axborot multimedia markazi boşliği, podpolkovnik Nilufar Madiyevaning aytişiça, kriminogen vaziyat tahliliga köra, poytaxtdagi 585 ta mahallaning 102 tasi «yaşil», 468 tasi «sariq» va 15 tasi «qizil» toifaga kiritilgan. Mazkur körsatkiçlardan kelib çiqib, har bir mahalladagi mavjud vaziyat çuqur örganilib, hududlarning xususiyatlariga mos profilaktik çoralar amalga oşirilmoqda.

Tezkor-qidiruv faoliyati, köçalar va jamoat joylarida xavfsizlikni taʼminlaşga oid 49 ta ustuvor yönalişni qamrab olgan 109 banddan iborat idoralararo qaror va qöşma reja işlab çiqilib, tasdiqlangan.
Tadbir doirasida tergov va tezkor-qidiruv işlari samaradorligini oşiriş, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuçaytiriş, jinoyatlarning sabab va şart-şaroitlarini çuqur örganiş hamda ularning takror sodir etilişiga yöl qöymaslik ustuvor vazifa etib belgilangan.
Bunda mahallalardagi «yettilik» bilan hamkorlikni mustahkamlaş, xavfsiz turizm, probatsiya, migratsiya va personallaştiriş yönalişlarida manzilli işlarni taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilayotir.
Jamoat joylarida tartibni saqlaş va qöriqlaş xizmatlari samaradorligini oşiriş masalalari doimiy eʼtiborda. Xususan, xonadonlar, savdo şoxobçalari va dökonlarda öğirliklarning oldini oliş maqsadida ular qöriqlaş tizimiga qamrab olinmoqda. Milliy gvardiyaga biriktirilgan obʼektlarda xavfsizlik çoralari kuçaytirilmoqda.
Mahallalarda zamonaviy PTZ va Face ID texnologiyalariga ega kuzatuv kameralarini örnatiş, «Namunaviy xavfsiz köça», «Namunaviy xavfsiz yölak» va «Namunaviy xavfsiz uy» loyihalari kengaytirilmoqda.
Ijtimoiy profilaktika yönalişida muqaddam sudlanganlar, probatsiya nazoratidagi şaxslar, spirtli içimliklarni suiisteʼmol qiluvçi hamda giyohvandlik bilan boğliq muammolari mavjud fuqarolar bilan individual işlaş yölga qöyilgan.
Şu bilan birga, «qizil» toifadagi xonadonlardagi muammolarni örganiş, nizoli va ajrim yoqasidagi oilalarga tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda kömaklaşiş, oilaviy nizolarning oğir oqibatlarini barvaqt bartaraf etiş böyiça aniq vazifalar belgilangan.
Aholi bandligini taʼminlaş, uzoq muddat xorijda bölgan şaxslarning oilaviy şaroitini örganiş, voyaga yetmaganlarning taʼlim muassasalariga muntazam qatnaşini nazorat qiliş va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan işlaş masalalari ham nazoratda.
Ayniqsa, farzandlarini xorijda qarovsiz qoldirgan ota-onalar bilan boğliq holatlarning oldini oliş, bunday xatti-harakatlarning huquqiy oqibatlari, qonunçilikda nazarda tutilgan maʼmuriy va jinoiy javobgarlik haqida aholi örtasida tuşuntiriş işlarini kuçaytirilmoqda.
Kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş ham dolzarb masalalardan. Internet tarmoği orqali sodir etilayotgan firibgarliklarning oldini oliş, fuqarolarning kiberxavfsizlikka oid bilim va könikmalarini oşiriş, şuningdek, aholi örtasida profilaktik-tuşuntiriş işlari kengaytirilmoqda.
Mazkur çora-tadbirlar jinoyatçilikni jilovlaş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, şuningdek, poytaxtda tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaşga xizmat qiladi.
Norgul Abduraimova,
ÖzA