Xarris Tramp bilan telebahs o‘tkazish niyatida
AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris 10 sentyabr kuni asosiy siyosiy raqibi, sobiq prezident va prezidentlikka nomzod Donald Tramp bilan telebahs o‘tkazish niyatida ekanini tasdiqladi.
– Donald Tramp bilan bahsni intiq kutyapman, – dedi Xarris “NBC News” muxbiri savoliga javob berarkan. – Biz tadbirni 10 sentyabrga rejalashtirdik. Tramp ham roziligini eshitdim.
Payshanba kuni sobiq prezident kelgusi oy Xarris bilan uch bor turli telekanallarda dahanaki jangga kirishishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.