Xarri Keyn: “Jamoamizda hech qanday kelishmovchilik yo‘q”
Biz bugungi natijaga aynan jamoaviy birdamligimiz tufayli erishdik.
Angliya terma jamoasi sardori Garri Keyn Jud Bellingemning bosh murabbiy Tomas Tuxel tanqidiga bergan javobi ortidan yuzaga kelgan muhokamalarga munosabat bildirdi.
"Shunday og‘ir o‘yindan keyin, final hushtagidan atigi besh daqiqa o‘tib futbolchiga mikrofon tutishadi. Jud o‘sha paytda Tuxelning aynan nima deganini ham to‘liq bilmasdi. Bunday vaziyatda undan yana nimani kutish mumkin?
Biz endigina haqiqiy jangdan chiqqandik. Odamlar darrov jamoa ichida nizo bor degan taassurot yaratishga urinadi. Nazarimda, bu Angliyada yirik turnirlar paytidagi odatiy holat.
Aslida esa buning aksi. Biz bugungi natijaga aynan jamoaviy birdamligimiz tufayli erishdik. Bu birdamlik nafaqat futbolchilar, balki murabbiylar shtabi va barcha xodimlarni ham birlashtirib turibdi.
Ba’zida ayrim voqealar aslidan ko‘ra ancha jiddiyroq qilib ko‘rsatiladi", — dedi Keyn.
Eslatib o‘tamiz, Angliya JCH–2026 yarim finalida Argentina terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.