XAMAS olti nafar isroillikni ozod qildi
"Al-Jazeera" ma’lum qilishicha, Falastinning XAMAS guruhi va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishning birinchi bosqichi doirasidagi so‘nggi almashinuvda Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan yuzlab falastinlik ozod qilinishi arafasida G‘azodagi olti nafar isroillik mahbus qo‘yib yuborildi.
Qurollangan jangarilar tomonidan Tal Shoham va Avera Mengistu Qizil Xoch tashkilotining G‘azo janubida joylashgan Rafoh shahridagi bo‘limiga olib borildi. Yana uch asir – Eliya Koen, Omer Venkert va Omer Shem Tov ham sektor markazidagi Nuseyratda alohida marosim bilan ushbu tuzilma rasmiylariga topshirildi. 2015 yil aprelda G‘azoga kirganda qo‘lga olingan 37 yoshli badaviy Hishom Al-Said esa shanba kuni turmadan chiqdi.
Bu olti kishi 19 yanvarda kuchga kirgan sulhning birinchi bosqichida ozod qilinishi lozim bo‘lgan 33 kishilik guruhning oxirgi vakillaridir.