Xalqimizning shon-sharafi, birdamlik ramzi
FOTOREPORTAJ
Qo‘qon shahrida 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan ommaviy estafeta o‘tkazildi.
Milliy gvardiya, ichki ishlar tizimi, Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti avtomobillar va otliqlar kortejlari, Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi Faxriy qorovul qo‘shinlari hamrohligida sportchilar, harbiylar, yoshlar va nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari Turkiston ko‘chasida “Bayroq – tinchlik va birlik ramzi” shiori ostida tantanali yurish qildilar. Milliy kuylar sadolari ostida minglab qo‘qonliklar yo‘lning ikki tomonida tizilib, tadbir ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatladilar.
[gallery-26262]
O‘rda maydonida davom etgan bayram tadbirida Qo‘qon shahar hokimi M. Usmonov davlat bayrog‘i xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, porloq kelajagimizga bo‘lgan ishonchimizni ifodalashini alohida ta’kidladi. Yosh iqtidor egalari vatanparvarlik mavzuida qo‘shiqlar ijro etgan bo‘lsa, rassomlar, o‘quvchi-yoshlar ishtirokida davlat ramzlari aks etgan rasmlar ko‘rgazmasi ham barchada katta taassurot qoldirdi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA