Xalqaro san’at festivali g‘oliblari taqdirlandi
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham 20–24-aprel kunlari o‘tkazilgan xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida qator madaniy tadbirlar tashkil etildi.
Bu yilgi festival O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida tashkil qilingan O‘zbekiston xalq rassomi Xurshid Ziyoxonovning ijodiga bag‘ishlangan “Sharq kubizmi: ko‘ngil geometriyasi” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bilan boshlandi. Ko‘rgazmada muallifning 30 dan ortiq badiiy asari tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Festivalning dastlabki kunida mohir hunarmand va dizaynerlarning ijodiy ishlari ham namoyishga qo‘yildi.
[gallery-28965]
Festival davomida talaba va o‘quvchi-yoshlar ishtirokida rasm chizish bo‘yicha mahorat darslari, badiy ko‘rgazmalar, tajribali rassomlar va yoshlar ishtirokida Amudaryo tumanidagi diqqatga sazovor joylarga va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Bozorboy Serekeyev hamda Borliqboy Aytmuratovning uy-muzeylariga sayohat qilindi.
Festival yakunida turli tanlovlar g‘oliblari hamda faol ishtirokchilar medal, diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA