Xalqaro kuzatuvchilarga “faxriy doktor” unvoni berildi
O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish uchun kelgan Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi bosh kotibi Kristof Bernaskoni va Yevropa parlamenti deputati Rishard Charnetskiy Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Yevropa munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Kristof Bernaskoni va Rishard Charnetskiyga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “faxriy doktori” unvoni berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida mamlakatimizda o‘tgan Prezidentlik saylovi yuzasidan fikr almashildi.
– O‘zbekiston yangi marralarni ko‘zlamoqda, kechagi saylovda bunga tamal toshi qo‘yildi, – dedi Kristof Bernaskoni.
Tadbirda talabalar xalqaro huquq sohasining yetuk mutaxassislaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
[gallery-4420]
Behruz Xudoyberdiyev, O‘zA