Xalqaro “Gullar festivali” davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Namanganda dunyo e’tiborini o‘ziga jalb etgan Xalqaro “Gullar festivali” bayram kayfiyatida davom etmoqda.
Festival doirasida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog‘da tashkil etilgan jonli konsert dasturi namanganliklar va mehmonlarni o‘ziga chorlamoqda. Sahnada kuy va qo‘shiqlar, atrofda gullar ifori va odamlarning yuzida tabassum.
[gallery-24149]
Bu yilgi festival o‘ziga xos katta bayram tusini oldi. Har yilgidanda boshqacha shukuhda o‘tayotgan tadbirlarda qatnashish istagidagi yurtdoshlarimiz, ayniqsa, xorijiy mehmonlar soni kun sayin ortmoqda. Dastlabki statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar aynan festivalda ishtirok etish uchun Namanganga 7 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurgan. Ularning 712 mingi xorijiy davlatlardan, 3 million 700 nafari mamlakatimizning turli hududlaridan, shuningdek, viloyatning barcha tumanlaridan 2 million 600 ming nafardan ziyod nafosat ishqibozi keldi.
Ta’kidlash kerak, ko‘p sonli ishtirokchilarning taklifidan kelib chiqib, tashkiliy qo‘mita tomonidan 64-xalqaro “Gullar festivali” davriyligini yana 2 haftaga uzaytirishga qaror qilindi.
Festivalda rang-barang konsert dasturlari, milliy qadriyatlarimizga hamohang tadbirlar davom etmoqda. Asosiysi, maftunkor va betakror kompozitsiyalar tomoshasi uchun imkoniyat yanada kengaydi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA