Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni
7 dekabr kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi xodimlari o‘z kasb bayramini nishonlaydi. Ushbu sana munosabati bilan milliy aviatashuvchi mamlakat aviatsiya sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shayotgan barchaga yo‘llagan rasmiy tabrigini e’lon qildi.
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni 1994 yilda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO)ning 50 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida ta’sis etildi. 1996 yilda ICAO tashabbusi va Kanada hukumati ko‘magida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 7 dekabrni rasman Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni deb tan oldi.
Mazkur bayram butun dunyoda xalqaro fuqaro aviatsiyasining davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdagi muhim rolini anglab yetishga yordam beradi.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA