Xalqaro forum ishtirokchilari Samarqandga kelmoqda
22-23 noyabr kunlari Samarqandda “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston va Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tajribasi” mavzusida xalqaro forum o‘tkaziladi.
Forumda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlardan hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar mas’ullari ishtirok etishi kutilmoqda.
Bugun Samarqandga forum qatnashchilari tashrif buyurmoqda. Jumladan, Islom hamkorlik tashkiloti vakillari, Qatar hamda Malayziyadan kelgan mehmonlarni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi rahbarlari kutib oldi.
[gallery-14699]
Forumning asosiy tadbirlari 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi va unda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning qarorlar qabul qilishdagi ishtirokini kengaytirish, gender tengligini ta’minlash, ta’lim olish imoniyatlarini oshirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ITga keng jalb etish, ayollarning ijtimoiy muammolarini o‘rganish va tizimli hal etish mexanizmlari, globallashuv jarayonlarida oilaviy qadriyatlarni saqlash hamda oila institutini mustahkamlash va boshqa masalalar muhokama etilishi ko‘zda tutilgan.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat),
O‘zA muxbirlari