“Wildberries” WB Klubi obunasini ishga tushiradi
“Wildberries” marketpleysi xaridorlar uchun maxsus chegirmalar bilan WB Klubi obunasini ishga tushiradi. U “Wildberries” va uning hamkorlarining mahsulotlari hamda xizmatlariga qo‘shimcha chegirmalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Obunachilar shuningdek, o‘z ismlarining ro‘parasida WB Klubining alohida maqomiga ega bo‘ladi.
“Wildberries” da ta’kidlanganidek, obuna avgust oyidan tarqatila boshlanadi. Avval funksional obuna saytda, keyin esa ilovada paydo bo‘ladi.
“WB Klubi — bu shoping ishqivozlari klubi. Bizning platformada bitta xaridorga oyiga o‘rtacha 5 tadan ortiq buyurtma to‘g‘ri keladi. Biz foydali xizmatlar hisobiga faol mijozlarimiz uchun shopingni yanada yaxshiroq o‘tkazishni, shuningdek, ularning faolligini platformada ajratib ko‘rsatishni istaymiz. Sotuvchilar ham WB Klubi obunasidan imtiyozlar oladi: ular o‘z mahsulotlarini sodiq auditoriya orasida targ‘ib qilishi mumkin,”-deydi “Wildberries” fintex mahsulotlar rahbari Artyom Feoktistov.
WB Klub obunasini ishga tushirish— “Wildberries”ning shaxsiy raqamli platformasini rivojlantirish va shoping uchun kerak bo‘ladigan xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha strategiyasining bir qismidir. WB Klubi obunachilari mahsulotlarga 20 foizgacha bo‘lgan qo‘shimcha chegirmalarga, ilk 30 daqiqa mobaynida topshirish punktlaridagi buyurtmalarni o‘zgartirish imkoniyatiga, ustuvor qo‘llab-quvvatlashga, “Sharhlar” va “Savollar” bo‘limlarida ismlarining qarshisida WB Klubi nishoniga hamda platformaning tashqi hamkorlari takliflariga kirish huquqiga ega bo‘ladi.
Bunda WB Klubi obunachilari uchun chegirmalar “Wildberries”dagi boshqa chegirmalar bilan birga jamlanadi.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA