Voyaga yetmagan shaxs o‘g‘rilik qildi
Romitan tumanida voyaga yetmagan shaxs jinoyatga qo‘l urdi. Bu haqida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati ma’lum qildi.
Tunda noma’lum shaxs, o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Romitan tumanining cho‘l massivida, Qoqishtuvon qishlog‘ida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro T.X. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Lasetti” rusumli avtomashina salonidan 5 million 400 ming so‘m miqdoridagi pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv, tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchining mahalladoshi 2007 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan V.A. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA