Voleybol: chempionat o‘tkazilmaydi,biroq...
Joriy yilning 29 avgust – 4 sentyabr kunlari Filippin poytaxti Manila shahrida voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilishi kutilayotgan 21-Osiyo chempionati mamlakatda epidemiologik vaziyat tufayli karantin joriy qilinganligi sababli qoldirildi.
Osiyo valeybol konfederatsiyasi(AVC) saytining keltirishcha, ushbu murakkab vaziyatdan chiqib ketish uchun chempionatni joriy yilning 24-31 oktyabr kunlari o‘tkazish taklifi ilgari surilgan. Buning uchun ishtirokchi mamlakatlar keyingi haftagacha belgilangan sanada qatnashishini tasdiqlashi lozim. Biroq ishtirokchi jamoalar soni oltidan kam bo‘lsa, chempionat umuman qoldirilishi ta’kidlangan.
Ma’lumki, chempionatning qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston voleybolchilari “A” guruhida Xitoy Taypeyi, Qozog‘iston va Fillipin jamoalari bilan g‘oliblik uchun kurash olib borishi lozim edi. “B” guruhida esa Janubiy Koreya, Tailand, Eron va Avstraliya jamoalari qit’a chempionligi uchun bahslashishi belgilangandi.
To‘lqin Ro‘ziyev