Vitaliy Denisov: Kannavaroga vaqt yetmadi
Ekspertning soʻzlariga koʻra, 2025-yilning kuzida Osiyo jamoasi boshqaruvini qoʻlga olgan italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro shogirdlarini yangi taktik sxemaga moslashtirishga ulgurmagan.
Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Vitaliy Denisov jamoaning Jahon chempionati — 2026 musobaqasidagi omadsiz ishtiroki haqida oʻz fikrini bildirdi. Ekspertning soʻzlariga koʻra, 2025-yilning kuzida Osiyo jamoasi boshqaruvini qoʻlga olgan italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro shogirdlarini yangi taktik sxemaga moslashtirishga ulgurmagan.
"Kannavaroga Oʻzbekiston terma jamoasiga yangi taktikani singdirish va unga mos futbolchilarni tanlab olish uchun vaqt yetmadi. Bir kunda birdaniga uchta himoyachi bilan oʻynash tizimiga qayta moslashib boʻlmaydi", — dedi Denisov.
Oʻzbekiston termasi JCH-2026 guruh bosqichining ortda qolgan ikki turida biror ochko jamgʻara olmadi. Jamoamiz ertaga tunda, yaʼni 28-iyun kuni guruhdagi soʻnggi uchrashuvini birinchi turda shov-shuvli tarzda Portugaliya bilan durang oʻynagan Kongo DR terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.