Viloyat rahbari yoshlar bilan uchrashdi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumanida yoshlar bilan uchrashdi.
Tumanning Arpapoya mahallasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda sektorlar, mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Ochiq muloqot ko‘rinishida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarning muammolari tinglanib, aksariyati joyida hal etildi. Shuningdek, bajarilishi muddat talab etadigan murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriq berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Tadbir davomida “Besh tashabbus olimpiadasi” ikkinchi mavsumida hamda jahon arenalarida tuman nomini yuksaltirayotgan bir guruh yoshlar taqdirlandi.
[gallery-10185]
O‘zA fotomuxbiri Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan suratlar.